Mebelni remont bo‘lganini aytmasdan sotish

Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Bir do‘stim mebel do‘konida ishlaydi ularga xorijdan mebellar keladi, bazida ular shikastlanib sinib keladi. Ularni to‘g‘rilab yamab rangi ko‘chgan bo‘lsa bo‘yashadi, ammo xaridorga bu xaqda xech nima deyilmaydi. Shunday savdo qilish sotish gunox emasmi? Xaridorni xaqqiga xiyonat bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Xiyonat bo‘ladi. Agar u narxini tushiradigan ayb hisoblansa aybini aytish kerak. Agar narxini tushiradigan darajada ayb bo‘lmasa aytish shart emas. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 14:13 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar