Maxr qiymati

Ilmingiz bundanda ziyoda bo‘lsin. Savolim kuyidagicha. Shu Maxr puli yoki unga tenglashtirilgan buyum xaqida turlicha ma’lumotlar bor ekan. Shunga Hazrat sizdan suraganim Maxr qiymati aslida qancha bulishi kerak.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Savolingiz takroriy. "Hanafiy mazhabida kishilar ixtilof qilib yurmasliklari uchun gapni bir joyga qo‘yish maqsadida mahrning ozi o‘n dirham bo‘lsa yaxshi, deyilgan. Chunki shariatda bir narsaga arzigulik eng oz molning miqdori shudir. Shuningdek, mahrning ko‘pining ham chegarasi yo‘q. Bu ham eru xotin rozi bo‘lgan miqdorgacha cho‘zilaverishi mumkin. Ammo ulamolarimiz mahrning ko‘pi o‘n ikki uvqiyadan oshmagani ma’qul, deganlar. " www. muslimaat. uz/oila-jamiyat/nikoh-taloq/item/221-mahr-haqida#. UiCWINIy2DE

21 Aprel 2022, 11:24 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar