"savdo haqida"

Muhtaram Ustoz, Alloh yo‘lida hizmatlarizni o‘zi mukofotlasin. Ustoz, men do‘stim bilan bahslashib qoldik, yaxshi ma‘noda albatta, ya‘ni uning aytishicha sotuvchi bir narsani bir haridorga bir narhda, boshqasiga boshqa narhda sotishi bu ribo ekan, masalan, bozor o‘rtacha paytida bir narhda, bozor yurishib haridor ko‘paygan mahalda boshqa narhda sotishi ribo ekan, men bilgan ilm bo‘yicha sotuvchi hohlagan narhda sotishi mumkin, chunki u uning moli, faqat haddan tashqari foyda ko‘rishdan ulamolar qaytarishgani haqida habarim bor edi, shu mulohazalarning qaysi biri shariatda ruhsatli?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz haqsiz.

5 May 2022, 22:01 | Savol-javoblar | 207 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar