Qarz so‘rab kelganga pulim yo‘q desam
Assalomu alaykum! Meni bir og‘aynim mendan 3-4 yil oldin olgan qarzi bor, lekin sharoiti yahshi bo‘laturib qarzini haligacha uzmagan va qarz ustiga qarz so‘rayveradi. Menda qarzini kechib yuboradigan sharoitim yo‘q. Savolim shuki, o‘sha og‘aynim yana qarz so‘rab kelsa pulim bo‘la turib, pulim yo‘q desam bo‘ladimi? Senga pul bera olmayman deyishdan, oraga nizo tushib qolishidan qo‘rqaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odatda qarz insonni miyasini to‘g‘ri faoliyat yuritishdan to‘sib qo‘yadi. Shuning uchun azaldan ulamolar qarz olishdan qattiq qaytarganlar. Mabodo qarzga ehtiyoji bo‘lsa ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kabi evaziga biror qimmat narsasini garovga qo‘ya oladigan darajada bo‘lishini ta’kidlaganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yaxudiydan qarz olib, sovutlarini garovga qo‘yganlar. Bunchalik imkoniyatga ega bo‘lmagan kishilar qarz olmasliklari kerak. Chunki ularni ko‘zlagan maqsadi amalga oshmay qolsa yanada botqoqqa chuqurroq botishga to‘g‘ri keladi. Qarz beruvchilar ham har tomonini o‘ylab qarz berishlari kerak. Qarzini qaytarishini hisobga olish kerak, qatarolmasa evaziga biror narsasini bera olishini hisobga olish kerak. Mabodo berolmasa kechib yubora olishini ham hisobga olish kerak. Agar bulardan birotasiga ko‘z etmasa unga qarz bermasligi kerak. Chunki bunday holatda qarz so‘raganga qarz berish uni botqoqqa botirish hisoblanadi. «مطل الغني ظلم» Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Boy (qodir) bo‘laturib qarzni kechiktirish zulmdir», deganlar.
Muttafaqun alayh.
Quyidagi Alloh taoloning buyrug‘iga qarshi chiqish ham hisoblanadi. Alloh taolo "Niso" surasida marhamat qiladi: وَلاَ تُؤْتُواْ السُّفَهَاء أَمْوَالَكُمُ الَّتِي جَعَلَ اللّهُ لَكُمْ قِيَاماً وَارْزُقُوهُمْ فِيهَا وَاكْسُوهُمْ وَقُولُواْ لَهُمْ قَوْلاً مَّعْرُوفًا 5. Alloh sizlarga (hayot) tirgagi qilib qo‘ygan mollaringizni esi pastlarga bermang. Ularni o‘shandan rizqlantiring, kiyintiring va ularga ma’ruf so‘z ayting.
«Esi pastlar» – mol-mulkni yaxshi tasarruf qila olmaydigan etimlar. Ammo ulamolar bu hukmni umumlashtirib, molu mulkni yaxshi tasarruf qila olmaydigan har bir kishini esi pastlarga qo‘shganlar.
Biz «esi past» deb tarjima qilayotgan ibora arab tilida «safih» deyiladi. Uning ko‘pligi «sufahaa» bo‘ladi. Aslida bu ibora «engillik» ma’nosini anglatadi. Shundan kelib chiqib, «esi pastlar»ni «mol-mulk tasarrufiga engiltaklarcha munosabatda bo‘luvchilar» deyishimiz mumkin. Oyatda zikr qilinayotgan «mol» aslida o‘sha esi pastlarning mulki, otasidan etim qolganlarning haqqi. Ammo ular mol tasarrufida esi past bo‘lganliklari, undan oqilona foydalana olmasliklari sababli, etimlarni otaliqqa olgan shaxslarga molni ularga bermaslik amr qilinmoqda.
«Alloh sizlarga (hayot) tirgagi qilib qo‘ygan mollaringizni esi pastlarga bermang».
Bu amrning bayonida «mollarini» demasdan, «mollaringizni» deb xitob qilinishida ham katta hikmat bor. Qur’oni Karim esi pastlarning shaxsiy-xususiy mollariga ham jamoatning moli deb qaramoqda. Demak, musulmonlar qo‘lidagi mol-mulk ayni vaqtda musulmon jamoasining ham mol-mulki hisoblanadi. O‘sha mol bekordan-bekorga sovurilmasligi uchun jamoat ham javobgardir. Chunki mol-mulk ham yakka shaxslarning, ham jamoalarning hayotida ulkan qiymatga ega. Shuning uchun ham uni Alloh taolo oyati karimada «Alloh sizlarga (hayot) tirgagi qilgan», deb ta’riflayapti. Ha, Islom bu dunyoda mol-mulkka shunday nazar bilan qaraydi. Musulmonlardan har biri qo‘lidagi molining muhofazasini jamoa a’zolariga topshiradi. Agar esi pastlarga topshirib qo‘ysa, o‘zimning molimni sarf qilyapman-ku, deb jamoatni ham ko‘pgina yaxshiliklardan mahrum qilishi mumkin.
Ushbu oyati karimaga amal qilib, ulamolarimiz «hajr» deb atalgan qoidani ishlab chiqqanlar. Bu so‘z lug‘aviy jihatdan «qotirish» degan ma’noni anglatadi. Amalda esa «hajr» esi pastlarga, ya’ni molni yaxshi tasarruf qilishni bilmaydiganlarga o‘z holicha molu mulk ishlatishni man etishdir.
Hajr turli hollarda joriy qilinadi. Misol uchun, etimning yoshi kichik bo‘lsa, unga hajr joriy qilinadi. Chunki kichkina bolalar o‘zlariga merosga qolgan mollarni mustaqil tasarruf qila olmaydilar, hayotni bilmaslik oqibatida molni noto‘g‘ri sarf qilib, undan ajralib qolishi mumkin. Shuning uchun uning moli o‘zini otaliqqa olgan shaxsga topshiriladi. Otaliqqa olgan kishi esa bu molni omonat bilan saqlab, etim voyaga etganda – «esi pastlik»dan chiqqanda, o‘ziga qaytarib beradi.
Shuningdek, majnunlik tufayli ham hajr qilinadi. O‘z-o‘zidan ma’lum bo‘ladiki, majnun odam mol-mulkini zoe qiladi. Uning moli ham omonat sifatida unga yaqin kishilardan biriga topshiriladi. Alloh shifo berib, tuzalib qolsa, yana o‘ziga qaytariladi. Molni hajr qilishning sabablaridan yana biri noo‘rin sarflashdir. Aqlida va dinida nuqsoni bor kishilar molni noo‘rin sarflaydigan bo‘lsalar, ularning moli ham hajr qilinadi. Chunki bular o‘zlarining «esi past»liklari bilan nafaqat o‘z shaxslariga, balki musulmon jamoasiga ham katta zarar keltiradilar. Hozirgi kunimizda Islom olamidagi iqtisodiy qiyinchiliklarning kelib chiqishiga molning noo‘rin sarflanishi sabab bo‘lmoqda. Shariatga amal qilmaslik qanchalik yomon ekanini shundan ham bilib olsak bo‘ladi.
Shariatimizda kasodga uchraganlarning molini hajr qilish ham bor. Aytaylik, bir odam bir qancha shaxslardan qarz olgan, uni qaytarib bermayapti. Bunda qarz beruvchilar qoziga arz qilsalar, ularning mollari hajr qilinadi. Ya’ni qozi qarzdorga molni o‘zicha sarflashni man qilib qo‘yadi. Uning hisobida bor va bo‘ladigan molni qarz berganlarga bo‘lib berib turishni joriy qiladi.
O‘z-o‘zidan ma’lumki, hajr tufayli mollarini olib qo‘yish mol egalariga qattiq botadi. Bu holni e’tiborga olib, oyatning ikkinchi yarmida:
«Ularni o‘shandan rizqlantiring, kiyintiring va ularga ma’ruf so‘z ayting», – deyilmoqda.
Bunga binoan, «esi pastlar»ning hajr qilingan mollaridan ularning eb-ichishlari va kiyinishlariga, ya’ni kundalik ehtiyojlariga sarflab turiladi. Ularga yaxshi so‘zlar aytiladi, ya’ni tushuntirish olib boriladi. Hajr unga zulm emas, koni foyda ekani bayon qilinadi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
5 May 2022, 23:29 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar