To‘garak puli haqida

Assalomu alaykum! Men ingliz tilidan to‘garak ochganman va bolalarni oyiga haftasiga 3 kundan 50000 ga o‘qitaman. Savolim shundan iboratki,ba’zi o‘quvchilarim ba’zi-ba’zida dars qoldirishadi va tabiyki darsdan qolishadi,lekin keyinchalik men ularga qoldirgan darslarini qisqacha tushuntirib qo‘yaman,bunday holatlarda men ular qatnashmagan darslar pulini qaytarib berishim kerakmi yoki ayb ulardami (ya’ni dars qoldirganliklari), ekin men ularni oldindan agar dars qoldirsangiz qoldirgan darsingiz haqini qaytib bermayman deb ogohlantiryapman. ir tomondan bu yo‘l bilan men ularni dars qoldirmaslikka undayman ikkinchi tomondan bu mening kasbim va ta’biyki bundan tushadigan mablag‘ evaziga malum bir narsalirni harid qilaman yoki ehtiyojimga qarab ishlataman ya’ni shunga qarab moliyaviy reja tuzaman. Bunday holatda shariatimiz nima deydi? Oldindan katta rahmat ,OLLOH sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kelishuvingizga bog‘liq. Avvalida shuni ta’kidlab qo‘ygan bo‘lsangiz va ular ham rozi bo‘lgan bo‘lishsa, siz ularni deb ajratgan vaqtingizga haq olaverasiz. Chunki maktabda o‘qituvchilik qiluvchilar o‘qitishi uchun vaqt ajratib keladilar. O‘sha vaqt ajratib kelganlari uchun maosh olishadi. Bolalar darsga qatnashishsa ham qatnashishmasa ham. Ammo siz vaqt ajratmay dars qoldirsangiz yoki boshqa kuni ortiqcha ishlab bering yoki o‘sha o‘tmagan kuningizni hissasini pulidan chiqarib yuboring. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 00:12 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar