Nikoh o‘qitib yurish
Assalomu alaykum! Hurmatli aziz Ustozlar, bir do‘stim menga Sahobai karomlar ayolarini qaytadan nikoh o‘qitib yurar ekanlar, sababi o‘zlariga bo‘lgan muhabbati yana ham mustahkam bo‘larkan deb aytgandi. Shu rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nikohni yangilab turishning hech qanday karohiyati yo‘q. “Roddul muhtor” kitobining sohibi : “Tez-tez nikohni yangilab turishning zarari yo‘q. Xususan hozirgi zamonimizda” deganlar. U kishi 19-asrlarda yashaganlar. Chunki aqiyda bobida bir necha so‘zlarni aytish yoki ba’zi amallarni qilish bilan kishi o‘zi bilmagan holatda kufr chegarasiga borib qoladi. Shu vaqtda nikohga futur etadi. Masalan, shariatimiz harom qilgani ochiq-oydin ma’lum bo‘lgan narsalarni bo‘laveradi deyish bilan yoki farz qilingan amallarni inkor qilib qo‘yish bilan bo‘ladi. Hech kim o‘ziga o‘zi kofir bo‘ldim deb hukm chiqarmasligi kerak, ammo shubhaga ko‘ra nikohini yangilab olsa zarari yo‘q. Lekin buni lozim, zarur va shart deb tushunmaslik kerak. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 11:59 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush