Hijob, namoz
Assalomu alaykum! Yoshim 20 da. Meni savolim shundan iboratki, uydakilarim namoz o‘qishmaydi, menga ham hali yoshdan bomdodni o‘qisang buldi deb turib olishgan. Onam ham dadam ham hijobga umuman qarshi. Agar hojobga kirsam meni oq qilarmishla. Ota onam ajrashganla. Dadangni oldiga chiqib ket, sanday qizim yo‘q deb 3 kundan beri men bilan gaplashmay yuribdilar. Aytganimni qilmayapsan deb utsalar ham qaytsalar ham so‘kib o‘tadilar. Senka qizim yo‘q deb. Umuman qarshilar, uydan ket deb o‘tiribdilar. Nima qilay? Qiynalib ketdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz namozingizda bardavom bo‘lavering. Onangizga hidoyat so‘rashda ham bardavom bo‘ling. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 05:30 | Savol-javoblar | 198 | Oila va turmush