Kartochkadagi pul

Assalomu alaykum hurmatli Shayx Xazratlari,Bizning ishxonada so‘mda oladigan oylik maoshimizni dollarga konvertatsiya qilib Visa kartochkasiga tushirish huquqi berilgan (bir chorakda 2000$ dan oshmasligi kerak). Biroq ushbu kartochkadagi dollarni O‘zbekistonda ishlatish va naqd qilish muammo tug‘diradi. Shu sababli ba’zi ishchilar ushbu huquqdan foydalanishmaydi.Ushbu huquqdan foydalanishni hohlamagan ishchi bilan kelishib, nomiga kartochka ochtirtirib, kartochkaga o‘zimning so‘mlarimni konvertatsiya qilib, dollar tushirtirishni va ushbu dollarni naqd qilib echib olishni rejalashtiryapman. Ushbu ishchiga esa muayyan summani kelishib, beraman (uning huquqidan foydalanganligim uchun). Shunday qilsam bo‘ladimi? Bu orada ishchi mening so‘mlarimni konvertatsiya qilish uchun bankga borib, navbatga turish va konvertatsiya bilan bog‘liq boshqa vazifalarni bajarishni bo‘yniga oladi.Alloh Sizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Xizmatlari uchun haq to‘lasangiz bo‘ladi, pul uchun emas.

6 May 2022, 17:31 | Savol-javoblar | 153 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar