Janozani onlayn o‘qish

Assalomu alaykum! Bir inson boshqa davlatda vafot etib, janozasini telefon apparatidan imo orqali onlayn o‘qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Janozada esa shu bilan birga mayyit oldida bo‘lishi ham shart. Barcha fatvo kitoblarimizda iqtidoni durust bo‘lishi uchun imom bilan iqtido qiluvchi bitta joyda bo‘lishi shart deyilgan. Mabodo masjiddan tashqari joyda saf ulanmasa jamoatdan alohida turganning namozi durust bo‘lmaydi deyilgan. Agar hayit namozlaridagi kabi saf ulanib-ulanib masjiddan tashqari uzoq masofagacha etib borsa ham saf ulanganligi tufayli bitta joyda turishgan hisoblanadi – deyilgan. Siz aytgan holatda esa o‘sha shart topilmagan bo‘ladi, iqtido ham durust bo‘lmaydi. Bu xuddi namozning shartlaridan biri bo‘lgan tahoratsiz namoz o‘qigandek bo‘ladi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 10:27 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar