Qanday yo‘l tutsak joiz?

Assalomu alaykum! Otamiz 50 yoshdan o‘tkanlar Allohga shukr oliy ma’lumotli insonlar, lekin hanuzdirki namozni hech o‘qimaydilar. O‘qishni ham bilmaydilar. Ko‘p bora onamiz va biz farzandlar tomondan ta’kidlab kelinmoqda, lekin baribir hech qalbi va iymon ko‘zi ochilmayapti. Avallo alhamdullilah borliga shukr, umrlari uzoq bo‘lsin, lekin qanday yo‘l tutaylik, qanday ibodatga chorlasa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yaqin do‘stlarini ishga solish kerak. Chunki inson o‘zidan past deb bilgan insonlarning gapini olmaydi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 15:10 | Savol-javoblar | 148 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar