Etimning haqini ishlatib turish

Assalomu alaykum! Tanishimni 3-ta bolasi bor, eridan qaytgan. U kishiga etimlarni boqish uchun zakot kelib turadi. Bir kishi ulardan “shu puldan foydalanib tursam va har oyda o‘zim rozi bo‘lib ma’lum bir miqdorda qo‘shimchasi bilan qaytarsam”, deb surapti. Etim bolaga kelgan zakot pullarini bunday qilishi sudxo‘rlikka kirmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sudxo‘rlikka kiradi. Uning o‘rniga o‘z ishiga o‘sha pulni sheriklikka qo‘shib foydasidan berib tursa bo‘ladi. Masalan, 10 million puli bo‘lsa 5ni o‘ziga qarz olsin. 5 millionini sheriklikka tiksin. O‘sha 5 millionini sheriklik foydasini ularga, 5 million qarzining foydasini o‘ziga olsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 15:21 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar