Noto‘g‘ri gapirib qo‘ydim
Assalomu alaykum! Ustoz dajjol haqida shu ma’nodagi "dajjolni bir ko‘zi bor u sehr qiladi. Bir narsani boshqacha qilib ko‘rsatadi. Misol uchun katta binoni bir boshqa bir narsaga o‘xshatib ko‘rsatadi" kabi gap aytganman kimlargadir. Men ko‘p gapirganman shular orasida noto‘g‘risi bo‘lishi ham mumkin. Men kafforat uchun nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Isro" surasida marhamat qiladi: وَلاَ تَقْفُ مَا لَيْسَ لَكَ بِهِ عِلْمٌ إِنَّ السَّمْعَ وَالْبَصَرَ وَالْفُؤَادَ كُلُّ أُولئِكَ كَانَ عَنْهُ مَسْؤُولاً 36. O‘zing bilmagan narsaga ergashma! Albatta, quloq, ko‘z va dil – ana o‘shalarning barchasi so‘ralajak narsalardir.
Islom har bir narsani ilmiy asosda olib borishga da’vat qiladi. Bilmagan narsadan chetda bo‘lishga chaqiradi.
«O‘zing bilmagan narsaga ergashma!»
Har bir narsani ochiq-oydin va aniq bilib olgachgina unga ishonish va u haqida hukm chiqarish kerak. Gumon bilan, birovning gapiga ishonib, turli noaniq ishoralarga suyanib hukm chiqarish musulmonlarga xos emas. Bilgan narsasini boricha etkazish ham omonatdir. Quloq nima gapni eshitsa, xiyonat qilmay, o‘sha gapni aniq etkazishi kerak. Ko‘z bir narsani ko‘rsa, o‘sha o‘zi ko‘rib-bilgan narsaga xiyonat qilmay, u haqda ochiq-oydin ma’lumot berishi kerak. Shuningdek, dil nimani idrok etsa, o‘sha narsani aniqlik bilan etkazmog‘i zarur. Bu a’zolarning bilgan, idrok etgan har bir narsasi ilmiy omonat sanaladi. Omonatga xiyonat qilmaslik katta mas’uliyat hisoblanadi. Ko‘z ham, quloq ham, dil ham har bir narsadan mas’uldir. Bu dunyoda bo‘lmasa, u dunyoda albatta mas’uldir. Ayniqsa, oxiratdagi ana o‘sha mas’uliyat musulmonlarni ilmiy omonatga hech xiyonat qilmaslikka undagan. Ular doimo bilganlari haqida to‘g‘ri ma’lumotlar berganlar. Ushbu oyati karimaga o‘xshash oyatlar, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislari ularni doimo ilmiy omonatga xiyonat qilmay, to‘g‘ri ma’lumotlar berishga chorlab kelgan. Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining bir hadislarida: «Gumondan ehtiyot bo‘linglar, chunki gumon eng yolg‘on so‘zdir», – deganlar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
8 May 2022, 03:44 | Savol-javoblar | 180 | Turli savollar