Ishdagi namoz
Assalomu alaykum! Men hozirda Birlashgan Arab Amirliklarining Ras Al-Xayima shahrida, mehmonxonada telefon operatori bo‘lib ishlayapman. Ish vaqtimiz 10 soat(9 soat va 1 soat tushlik uchun). Bizda ishchilar namoz o‘qishi uchun namozxona tashkil etilgan. Savolim shundaki, men bilan boshqa millat vakillari ham birga ishalaydi, namoz o‘qishga borsam ular norozi bo‘lishi ehtimoli bor. Chunki ular 1 soat tanaffus oladi, menda esa bu vaqtdan ko‘proq bo‘ladi. Aytingchi shartnomadagidan ko‘p vaqt sarflasam yonimdagilarga zulm bo‘lmaydimi? Ulardan qarzdor bo‘lmaymanmi? Ma’lumot uchun: Birlashgan Arab Amirliklari qonuniga ko‘ra ish beruvchi ishchini namoz o‘qishdan to‘sishi kerak emas.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir soatda hamma ishni qilib ulgursa bo‘ladi, jumladan namozlarni ham. Siz ularga zulm qilmang. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 05:54 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom