O‘g‘rilik haqida
Assalomu alaykum! Men hali voyaga etmagan paytimda amakimning dorixonasida ishlab turardim. Keyin o‘sha dorixonada mijozlar bergan pullarni gohida yarmini, gohida hammasini o‘zimga olib qolardim. Ushbu ishimni amakim bilmasdi. Keyin ishlamay qo‘ydim. Hozir voyaga etgach, qo‘rqyapman. Ya’ni o‘sha ishim o‘g‘rilik bo‘lganmi yoki hech narsa bo‘lmaganmi? Sababi men u paytlar voyaga etmagandim shuning uchun o‘g‘rilik hisoblanmaganmi? Agar hisoblangan bo‘lsa, unda men qancha miqdorda pullarni qaytarishim kerak? Chunki qancha olganlarim esimda yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu g‘irt o‘g‘irlik bo‘lgan. Bir tiyin ham qolmadi shekilli degan miqdorcha ham qoldirmasdan o‘g‘irlaganlaringizni uzing. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 08:17 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom