Ish haqqini bermaslik

Assalomu alaykum! Men viloyatdan Toshkentga universitetga o‘qishga borgandim va moliyaviy ehtiyojlarim uchun duradgorga shogird bo‘lib tushdim. Ishga borgan paytim ish haqqini ustozim bilan kelishib olgandik (100$) va ancha vaqt (3oy) birga ishladik. Shu vaqt davomida bazi-bazida choy chaqa berib turardilar (har safar 40~50ming so‘m jami bo‘lib 200~300 minglarcha) lekin va’da qilingan ish haqqi biror marta berilmadi. Manga jami qancha miqdorda pul berishlarini so‘raganimda 200$ berishni aytdilar. Man xop mayli deb rozi bo‘ldim. Man ish haqqimni o‘qish shartnomasini to‘lashim kerak deb so‘rasam har gal o‘zini muammolarini ro‘kach qilib bermaydilar. Nima qilishim kerak? Ish haqqimni talab qilishga haqqim bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 00:00 | Savol-javoblar | 163 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar