Farzandim dardiga shifo izlab

Assalomu alaykum! Meni egizak farzandlarimdan birining bosh miyasida tug‘ma anomaliya chiqti. Doktorlani gapi bo‘yicha bu juda kam uchraydigan kasallik bo‘lib, davosi ham yo‘q ekan. Hozirda 5 oylik. Qur’on oyatlari shifo ekanini bilamiz, namozlarimizda duo qilib so‘rayapmiz. Sizlarning kanalingizga juda ko‘p bor Allohning inoyati bilan dardiga davo topganlar haqida o‘qiganman. Bizlarga nima maslahat berasiz? Nima qilsak, farzandim dardiga shifo topamiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har kuni ikki rak’atdan hojat namozini o‘qib Allohdan shifo berishini so‘rang. Ixlos bilan Qur’on o‘qib dam solavering. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 196 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar