Yordam puli "Temir daftar"
Assalomu alaykum! Dukonda kiyim kechak sotaman. Karantinda paytida sal kam 5 oy ishlamadik. Albatta boshqa pul keladigan joy yoq. Uyda ozgina jamg‘arib qoyilgan pulni shu davrda ishlatdik. Shu orada (karantin vaqtida) onam menga maxallaga yordam sorab chiqmaysanmi dedilar, (davlat tomonidan muxtoj qatlamga pul ajratilgan edi). men aytdimki: uyda ozgina bulsa xam ishlatishga pul borku dedim. Onam: ishlamay uyda utiribsanku axir, davlat tomonidan bu pullar ishsiz qolganlarga ajratilgan dedilar. Va maxallaga bordilar, maxalla xodimlari xam onamni murojatini qabul qilib olibdi. Men onamga qarshilik qilmaganim sababi: davlatni uzi bizga ishlashga bermayapti, yordam puli bersa beribdida deb oyladim. Yordam puli berilishidan oldin xonadonni kelib sharoitni tekshirishadi deb uyladik, lekin xech kim kelmadi. (Uzi aslida zakot berishga qodirman va qurbonlik xam qilgan edim) Oradan bir qancha vaqt utib bizga 1 milliondan ortiqroq yordam puli berishdi va uni ishlatib yubordik. Endi onam xam men xam xavotirdamiz, bu pullar ishsiz qolganlar uchun emas, aynan muxtoj qatlamga ajratilgan bolsa biz boshqa qaysidur muxtojlarni xaqqini eb qoymadikmi deb. Iltimos batafsil yordam bering. Bu pul bizga xalolmidi ? Agar xalol bolmasa bu pulni davlatga qaytarishni iloji yoq menimcha, muxtoj oilani topib berib yuborgan yaxshimi ? Berganda xam savob umid qilmasdan beriladimi yoki qanaqa ? Oldindan qimmatli vaqtlaringizni olganim uchun ming bor uzr va raxmat aytaman!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Topib bering. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 16:27 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Topib bering. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 16:27 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar