Nikoh uzilganmi?
Assalomu alaykum! Mani 2 ta savolim bor. 2011-yilda turmush qurdim. Erim yaxshi ko‘rib uylandi, lekin qaynam sig‘dirmadi (sep sidirg‘im etarli emasdi) shu sababli. Keyin erimi birovlardan pul olib bermay yurganini bilib qoldim. Erim qayoqqadir ketib yo‘q bo‘lib qoldi faqat tel qilardi qaynam uyda mani tinch qo‘ymadi. Erim kelmagach uyga qaytdim, erimdan javobimni so‘radim lekin bermadi. Man keyin safarga ketmoqchi bo‘ldim. Erim keldi o‘shanda xam javobimni bermadi yo to‘g‘ri yo‘lga tushmadi. Xolamni qizi so‘ragan ekan agar eri bilan yillab yani 3-4-5 yillab ko‘rishmasa, ovozini eshitishmasa nikoxi uziladi deyishgan ekan. Shunga ishonib yo‘lga chiqdim. 4 yil safarda yurdim va 5-yil xozirgi yani 2-turmush o‘rtog‘imni uchratdim. Oradan 2 yil o‘tib turmush qurdik. Bitta farzandimiz bor. Birinchi turmushimdagi nikoxim buzilganmi? Hozirgi turmush o‘rtog‘im bilan turmushdan yarim yil o‘tib qattiq urishgandik. Bir qiz sababli o‘shanda javob sangayam deganidi. Keyin orada yana urushib qolsek bir oy yashaber kegin bo‘shsan, sani keraging yo‘q o‘zi, xaromi kabi so‘zlarni ishlatganidi. Shu so‘zlarni ishlatsa xam taloq tushadimi va nechta taloq tushgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikoh uzoq yil ko‘rishmaslik bilan o‘z-o‘zidan uzilib qolmaydi. Siz avvalo birinchi erdan taloqni olib iddangizni to‘liq o‘tiring. Keyin boshqasiga nikohlanishingiz mumkin. Yaxshisi siz biror haqiqiy ahli ilmning huzuriga borib masalangizni hal qilib oling. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 17:33 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush