"Tayammum" va boshqa savollar

Assalomu alaykum! 1) Kishi bir qarindoshinikiga yoki bir mexmonga borib o‘sha erda qolsa va o‘sha kechasi unda extilom bo‘lib qolsa, u o‘zini uyiga borguncha tayammum qilib namoz o‘qishi mumkinmi? Birovning uyida yuvinish, ya’ni g‘usl qilishga ba’zan biroz xijolat va uyaladigon xolat bo‘lib qoladi. Chunki extilomda ichki kiyimdan tashqari boshqa kiyimlarga xam maniy tegib qolsa o‘sha kiyimlarni xam yuvish kerak bo‘ladi. Bunaqa xolatni sizu biz tushunamiz va shariatda "Sharm" yo‘q deymiz. Lekin mexmonga borganda o‘sha uy egalari tushunmaydiganlari xam bo‘lishi mumkin. 2) Ba’zan extilom ketma ket bo‘ladi. 4 ba’zida 5 kun xar kuni extilom bo‘ladi. Va xar kuni g‘usl qilishga majbur bo‘lib qolaman. Bu sovuq kunlarda ba’zan xar kuni g‘usl qilaverib kasal bo‘lib qolaman. Shunaqa xolatlarda kasal bo‘lish extimoli bo‘lsa tayammum bilan namoz o‘qisa bo‘ladimi? 3) Kishi bir uyatsiz videoga ko‘zi tushib qolib va unda shaxvat bilan maniy chiqsa "Zino" qilgan bilan teng gunox oladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bilmadik.2). Holatni o‘zingiz baholang, haqiqatan shamollab zarar etadigan bo‘lsa janobatga tayammum qilib namozga tahorat qilasiz. 3). Ko‘z zinosini qilgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 19:45 | Savol-javoblar | 199 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar