O‘g‘il ko‘rsam qo‘y so‘yaman deb niyat qilish

Assalomu alaykum! Sizlarga bir do‘stim nomidan savol yo‘llayabman. Aytishicha, uylanganida farzand ko‘rsam, qo‘y so‘yaman degan ekan. Hozirda ayoli homilador. Endi farzand tug‘ilsa, aqiqa qilamiz. Shunda avvalgi niyatim uchun alohida qo‘y so‘yamanmi yoki ikkisiga ham o‘tadimi, deb so‘radi. Niyat qilayotganida qo‘yni kimga va qachon so‘yishini aytmagan emish. Savolni qanday aytgan bo‘lsa, shunday etkazishga harakat qildim. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xudo xohlasa deb aytgan bo‘lsa aqiyqa ikkisining o‘rniga ham o‘tadi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 23:58 | Savol-javoblar | 150 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar