O‘zim konkurs uyushtirmoqchiman

Assalomu alaykum! Men o‘zimni Gilam Yuvish Fabrikam bor. men mijozlarni ragbatlantirish uchun konkurs uyushtirmoqchiman. Konkursni quyidagicha uyushtirmoqchiman Agar mijoz 50 kvadrat metr gilamini yuvdirsa unga mahsus raqamli kartochka beraman. Mahsus raqamli kartochkalar soni cheklangan masalan 100 ta. Kegin men haqqoniy qilib konkurs golibini internet orqali aniqlayman yutuqqa 1 mln so‘m qo‘ysam bo‘ladimi yoki bironta buyum? Ulardan konkursga qatnashish uchun deb xuch qanday oshiqcha pul olinmaydi. Odatdagidek narxda gilamlari yuviladi. Ma’lumot uchun. Odamlar men konkurs qilmasam ham 50 kvadrat metr gilamlarini yuvdirishadi. Bu konkurs mijozlarni biz bilan ko‘proq qolishi va reklama maqsadida qilinadi. Gilam yuvish fabrikamda xar kuni 200 kvadrat metr yoki undan ko‘proq gilamlar yuviladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayni shu suratda bo‘lsa zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 06:30 | Savol-javoblar | 170 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar