Savdoda birovning xaqqi

Assalomu alaykum. Men 10 oy davomida pulini oldindan to‘lab maxsulot xarid qilib, uni xorijga eksport qilish bilan shug‘ullanaman. Men maxsulot oladigan xamkorim maxsulotning sifatiga javob berishligini kelishib olganmiz, shuning uchun maxsulotni barchasini tekshirib olmayman. Lekin oxirgi ikki oy davomida xorijlik xamkorlarimdan maxsulot sifatiga e’tirozlar tusha boshladi. Men o‘z navbatida maxsulotni menga sotayotgan xamkorimni ogoxlantirdim, u menga sifatni yaxshilash borasida va’da berdi. Shunga qaramasdan menga Yana sifatsiz maxsulot sotgan, buni xorijlik xamkorlarim mutaxxasisilar yordamida tuzilgan dalolatnomalar bilan yuborilgan maxsulotning 5-7 foizi aytilgan sifatda emas ekanligini isbotlashdi. Kelishilgan sifat bilan yuborilgan sifat orasida 20 million so‘mlik farq chiqdi. Shu pulni kim to‘lashi kerak? Men maxsulot xarid qilgan odam maxsulotni qaytarib olib kelinglar ko‘zim bilan ko‘ray deyapti, lekin yo‘lkira pulini to‘lamayman dedi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha sifatsiz qilib bergan odam to‘lashi kerak. Albatta u ko‘zim bilan ko‘ray deyishga haqqi bor. Mol kelsa haqiqatan sifatsiz bo‘lsa yo‘lkirasini ular to‘lashadi. Da’vo yolg‘on bo‘lib chiqsa da’vo qilganlar to‘laydi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 09:24 | Savol-javoblar | 151 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar