Buvimni nojo‘ya harakatlari

Assalomu alaykum! Buvim 81 kirdi, o‘tgan yili amakim to‘y qildi. O‘shadan keyin bir og‘rib qoldi so‘ng 2 oyda tuzaldi. O‘sha payt davomida namoz o‘qimadilar ham poklanib oling dedik lekin ko‘nmadi, biz bilan urishdilar, yomon so‘zlar bilan keyin qishda uyda hammom qilib yuvining desak qarg‘anib ketdi keyin ammalarim keldi. Ularni ham urishib haydadilar, ustidagi kiyimini almashtirmaganiga ham yuvinganiga ham 8oy bo‘ldi. Kecha kuni yuvitramiz desak yana urishdi. Ro‘za keldi yuvinib oling desak menga shunday bo‘lo‘radi ro‘zani tutaveraman dedi. Namozchi desak yuvinmasdan o‘qiyman menga mumkin deyapti. Shunga nima qilsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U yoshdagi ayollar hayz va nifos ko‘rishmaydi. Shuning uchun ularga g‘usl vojib bo‘lmaydi. kiyimga najosat tekan bo‘lsa almashtirish shart. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 15:02 | Savol-javoblar | 164 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar