Taloqni ichida aytsa

Assalomu alaykum! Hayolimga taloq qildim degan so‘z kelib qoladi ichimda aytilganga o‘xshaydi shundan taloq tushib qolmaydimi? Bir kun shundan holat bo‘ldiki hayolda taloq qildim degan so‘zni o‘tkazayotib tilim qimirlab ketdi, lekin ovozim tashqariga chiqmadi Alhamdulillah tilim qimirladi holos, baribir qo‘rqyabman shundan ham taloq tushib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Og‘zingizdan chiqmasa taloq tushmaydi. Siz hadeb bu narsani o‘ylayvermang. Chunki chuqur atrofida ko‘p o‘ralashgan odam bir kun o‘sha chuqurga tushadi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 20:50 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar