Tilla savdosi
Assalomu alaykum! Savol: Men tilla zanjir sotish bilan shug‘ullanaman. Zargar tanishimga eski tillalarni (lomni) berib, o‘rniga yangi tilla zanjir yasataman. Zargarga ish xaqqini, yasab bergandan keyin ish xaqqiga tilla (lom) naqd beraman. Bozorda tilla zanjirni ustiga foiz qo‘yib naqdga sotaman. Misol: Tilla zanjir og‘irligi 10 gramm bo‘lsa, men uni ustiga 10 foiz qo‘yib, 11 gramm tilla (lom) yoki so‘m pul naqd olaman. 10 foizni ichida, tilla eritganda yoqoladigan vazni (ugar), zargar ish xaqqi va meni foydam bor. Mendan sotib oluvchi 10 foizni ichida, eritganda yoqoladigan vazni (ugar), zargar ish xaqqi va meni foydam borligini biladi. Mendan sotib oluvchiga 10 foizni qisqa qilib, ish xaqqi yoki xizmat xaqqi deb sotaman. Shu oldi-sotdi joizmi. Agar joiz bo‘lmasa, qanday sotgan joiz. Alloh qilayotgan xayrli ishingizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zargarni xizmat haqiga tilla berishingiz joiz. 10gr zanjirni 11gr lomga sotishingiz ribo. Naqd pulga soting. Lomni ham alohida pulga sotib oling. Aks holda ribo bo‘ladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 01:43 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom