Ota onamni rozi qilish
Assalomu alaykum! Otam ancha yil oldin o‘tib ketgan. Onam o‘tgan yili qazo qildilar. Birorta kasbni mukamal boshini ishlayolmadim. Ayni yoshlik paytimda biror tashkilotga ishga kirishimga, xunar o‘rganishimga, shofyorlik qilishiga onam raxmatli butun umri davomida menga qarshilik qilib keldi. Faqat mol boqib dalada umrim o‘tdi. Onam raxmatli bilan ko‘p urishganman, yig‘lab juda qattiq qarg‘anlar U davrlarda maydonlar ko‘p edi. Oxirgi yillar fermerlarga erlar bo‘lib berildi. Mol boqish qiyin bo‘lib qoldi. 50 yoshdan keyin tashkilotga ishga olmas, olsa xam otni kallasiday so‘m emas, dollar kerak. Mana endi 20-25 yoshli ustalaga podsobnыyman. Xunar 0 (nol) ro‘zg‘orimni arang boqayaman, xatto egani non yo‘q kunlari bo‘lib qolayapdi. Namozni boshlaganimga 8 yil bo‘ldi xatto namozimga qarshilik qilib sen voxobiysan deb ruxsat bermagan. Namozni men ko‘chada yaxshi insonlardan o‘rgandim. Oilada 7 aka-uka opa-singil namozni bilmaydi, men kenjasiman. Raxmatli ota-onamni rozi qilishim uchun ularni o‘qimagan namozlarini men qanday ado etsam bo‘ladi? 2. Xar bir o‘qimagan namozlari uchun qancha qiymatda sadaqa kimlarga bersam bo‘ladi? 3. Men raxmatli onamga oq bo‘lib qolganmi? Nima qilsam bolarimga to‘kin sochin sharoit yaratib beraman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aslo ranjimang. U bilan ota-onangitzga oq bo‘lmaysiz. Siz qanday qilib bo‘lsa ham farzandlaringizni o‘qimishli inson bo‘lishiga harkat qiling. Insonni botqoqlikdan ilmgina tortib chiqara oladi. Keyin bemalol ota-onangizni namozlarini fidyalarini to‘lashingiz mumkin. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 03:33 | Savol-javoblar | 181 | Ibodatlar