Birjada oldi-sotdi qilish

Assalomu alaykum! Birja savdosi bilan shug‘ullanmoqchiman. Yani davlat tashkilotlari o‘zlariga kerakla maxsulotlarni malum bir narx belgilab savdoga qo‘yishadi. Uni men kirib ko‘rib ular qo‘ygan narxdan pastroq narx qo‘yib yutib olaman. Bu ishda bir o‘zim emas boshqa raqobtchilar ishtirok etadi, qo‘yilgan maxsulotni muddati tugaganidan so‘ng kim eng past narxni bergan bo‘lsa o‘sha ishtirokchi yutib oladi va o‘sha maxsulotni so‘ralgan joyga etkazib beradi. Shu ish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu uslubda bo‘lsa ishlash joiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 06:40 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar