Aka-uka o‘rtasidagi qarz

Assalomu alaykum! Men ukamga etti yil davomida oyiga o‘rtacha 100dollordan pul berib keldim, o‘qishi va ishini tiklashi uchun. Xozirda ishi yaxshilanib lavozimi oshdi. Menda aksincha orqaga ketib mansabdan tushdim. Xozirda odiy ishdaman, bergan pullarimni qaytar dedim. Sababi ipotekam bor. Ukam “sendan bir tiyin xam qarzim yo‘q” deb kelmoqda. Aytingchi men so‘rashga xaqim bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!Berganizda qarz deb bergan bo‘lsangiz va guvohingiz bo‘lsa olishingiz mumkin. Agar hadya deb berib, o‘zingizni ishlaringiz orqaga ketganda talab qilsangiz to‘g‘ri bo‘lmaydi. Hadyani qaytarib olish quyidagi hadisga binoan qusgan qusug‘ini qayta og‘ziga olish bilan barobardir. النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نِسَاءَهُ فِي أَنْ يُمَرَّضَ فِي بَيْتِ عَائِشَةَ. وَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: الْعَائِدُ فِي هِبَتِهِ كَالْكَلْبِ يَعُودُ فِي قَيْئِهِ Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Hibasini qaytib olgan kishi qusug‘ini qaytib olgan it kabidir», deganlar. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَيْسَ لَنَا مَثَلُ السَّوْءِ، الَّذِي يَعُودُ فِي هِبَتِهِ كَالْكَلْبِ يَرْجِعُ فِي قَيْئِهِ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bizda yomon xislat bo‘lmaydi. Hibasini qaytib olgan qusug‘ini qaytib olgan it kabidir», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

11 May 2022, 12:59 | Savol-javoblar | 191 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar