Tavbasiz namoz
Assalomu alaykum! Men namoz boshlaganimga 1 yildan oshdi lekin o‘sha paytlarda tavba qilolmay ko‘p katta gunohlarni qilib yurganman shuning uchun ko‘p namozlarim ora-orada qazo bo‘lib qolardi. Islom.uz saytida namoz tavbasiz qabul bo‘lmaydi deb o‘qidim. Hozir esa alhamdulillah 3 oycha bo‘ldi tavba qilib namozlarimni yaxshi ado etib kelyapman va qazo namozlarimni ham o‘qiyapman taxminan 10 yillik qazo namozlarim bor endi shunga tavba qilmay o‘qib yurgan namozlarimni ham qo‘shib qazo qilib o‘qisam bo‘ladimi yoki o‘sha namozlarim qabul bo‘lganmi? Buni hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohlardan tiyilib, afsus nadomat qilib namozlarni boshlaganingiz tavba qilganingiz bo‘ladi. Xayolingizni buzmasdan ibodatlarda mahkam bo‘lavering. Namozingizni avvalgilarini durust bo‘lgan deb umid qilamiz. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 156 | Namoz