Ilm ahliga tuhmat va bo‘hton qilmang! (iltimos hamma o‘qisin!)
Bismillahir Rohmanir Rohiym! Bandalariga tuhmat va bo‘htondan uzoqda yurishni buyurgan Alloh taologa o‘zining jaloliga munosib hamd va sanolar bo‘lsin! Ummatlariga tuhmat va bo‘hton gaplardan saqlanishni ta’kidlab tushuntirgan va o‘z hayotlarida buni qoyilmaqom qilib uddalagan olamlarga rahmat payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga mukammal salovot va durudlar bo‘lsin!
Sarvari olam sollallohu alayhi vasallamdan namuna olib, ularni siyratlarini o‘rganib o‘zlarining qalblariga jo qilgan va ularga sodiq ummatlardan bo‘lgan, g‘iybat va bo‘hton haqida fuqarolarga uning qabih amal ekanligini uqtirgan, bu dunyodan o‘tgan ulamolarimizni Alloh o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin!
Ochig‘i, men shu kichkina maqolani ham yozmoqchi emasdim lekin qarasam Zikr ahliga yana bir xat kelganini o‘qib, vaqtimni shu maqolaga sarflasam zora odamlarimiz ham yana shu qabilidagi savollarni qayta beravermasligidan umidim bor.
Uning mazmuni ham oldingidek Shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh haqida uyushtirilgan bo‘htonni qaytalab, “shu gap to‘g‘rimi” mazmunida kelgan. O‘zi oldin ham kattagina qilib bu gaplarning bari bekor gapligini Zikr ahlidan so‘rang kanalida ham, savollar.islom.uz saytida ham e’lon qilingan edi. Shu bizning ba’zi odamlarga ham hayronsan, yo keraksiz va noo‘rin qiziqqonlikdanmi yoki umrini qadrini bilmaslikdanmi Shayx hazratlarining yaqinlariga ozor beruvchi yana shu eski video va rasm haqidagi savol yana bir marotaba berilgan.
Umrida foydasiz birorta narsaga ortiqcha vaqt sarflamagan Shayximiz rohimahulloh ortiqcha rasm va videoga tushmaganliklarini, vaqtini qadrini bilganlari uchun kitob yozayotgan paytlari kezi kelganda suv ichishga ham vaqt ketishi nuqtai nazaridan ichmaganliklarini o‘qiganman. Yozgan kitoblari bir hazina, audio kitoblar va saboqlar, Ramazon oyidagi turkum suhbatlardan olingan video-ma’ruzalar qanchadan-qancha fuqarolarimizga foyda berayabtiku.
Video va rasmlar haqidagi gaplarga kelsak, birinchidan rasmga tushishni butkul haromligini men eshitmaganman. Sen nimani ham bilarding deb o‘ylayotganlar diqqatiga aytamanki, agar harom bo‘lganda ham ulamolarimiz albatta aytishgan bo‘lardi. Videolar esa bu xalqimiz, yurtdoshlarimiz ham shu videolarni ko‘rib o‘zlariga faqat yaxshi tarafdan bilim olishlari uchun olingan. Oddiy misol: Allohning zikri ila qalblar orom topur videojamlanmasida ham ko‘pchilik yurtdoshlarimizga hozirgi zamonga mos muammoli vaziyatlardan ogohlantirishlar, o‘ta noto‘g‘ri aqiyda yoki ishlardan qaytarishlar bor. Endi insof bilan o‘sha “uzkiy krug”dagilar (savolda aytilganlar) yoki shu gapni to‘qiyotganlar aytishsinchi, buni nimasi yomon?! O‘zi umuman olganda qabrdagi holatlarni va g‘ayb ishini bandasi bilmasa kerak. Shayximizning o‘z yaqinlari ham bu bo‘htonga raddiya berib turishibdiku, buni yana qaytadan berib, ularni yana va yana yarasiga tuz sepishni nima hojati bor?! O‘zi yaqindagina ulamolarga ozor bermaslik va ilm ahlini hurmatlash mazmunida maqola va videolar berilib turgan vaqtda yana shu gap. Endi bu safargisi juda oshib tushdi! Oldin Shayximiz hazratlarining o‘g‘illarini tush ko‘rganliklari aytilgandi, endi ayollari shu mazmundagi tushni ko‘rganliklarini aytishayabti. Shuni o‘zi ham bu g‘irt bo‘hton va g‘iybatga kirishini anglatmaydimi?! Og‘izdan-og‘izga tinmasdan o‘taverib ikki xil ko‘rinishi chiqqan! Agar yana boshqalarini bo‘lsa men eshitmaganman va eshitishni ham istamayman. Astag‘firulloh!
Hammaga birinchi bo‘lib Abu Homid G‘azzoliyning til ofatlari asarini o‘qitib bo‘lib keyin savol-javob kanalga ulanishi kerakdir deb o‘ylab qoldim. Shunda tilning 20 ta ofatidan tiyilgan bo‘larmidilar. Dinimizda o‘zi kim haqida bo‘lsa ham o‘ta ehtiyotkorlik bilan gapirish talab etiladi, yana o‘sha inson ilm ahlidan bo‘lsachi?!
Sizlar, ey tuhmat to‘quvchilar, kim haqida bunday gaplarni tarqatayotganingizni bilasizlarmi o‘zi?! Bu insonning Hadis va Hayot silsilasi Turkiyada darslik sifatida o‘qitilayotgani, boshqa qo‘shni davlatlar asarlarini ruxsat olib tarjima qilib o‘rganayotganliklari (bu haqida Allohning zikri ila qalblar orom topur videosida ko‘rganman), asarlarini o‘qib, hidoyatga kirgan holda yig‘lab, qanchadan-qancha oilalar baxtli-saodatli turmush qurib, namozlarida u zotga duo qilishlaridan xabaringiz bormi o‘zi?! Men hali ibodatda emas paytlarim lekin diniy ilmim bor paytlari ham ul kishiga hurmatim cheksiz edi, pochcham u kishining muxlislari va Toshkentga kelgan paytlarida olamdan o‘tib, ertasiga janozaga nechta odam kelganidan ham, nechta kishi o‘ksib-o‘ksib yig‘laganidan ham bu inson bizga Alloh taolo bergan katta bir ne’matligini, u kishining asarlari hali yana xalqimiz fuqarolarini din ilmini oshirishini bilganman.
Shayximiz umrlarini Islomga bag‘ishlaganlar! Alloh taolo ularni joyini firdavs jannatlarida qilsin! Ularning 100 dan ortiq asarlari borligini ko‘pchiligimiz bilsak kerak deb o‘ylayman. Endi shu erda qisqacha mulohaza kitob haqida. Bir olim inson bitta kitob yoki asar yozmoqchi bo‘lsa qancha adabiyotni o‘qib, tahlil qilib, o‘rganib va kerakli qaydlarni qilgan holda uni ma’lum bir tartibda yozilayotgan asarga mos qilib asarni shakllantira borishini bilasizlarmi o‘zi?! Buning qanchalik mashaqqat talab qilishini, qanchalar ko‘z nuri ketishini faqat shu ishni qilganlar biladi, uni boshqasi tasavvuriga ham keltira olmaydi!!! Men faqat misol keltiraman: Shayximiz barcha yurtimizdagi fuqarolarimiz baxtli bo‘lishlari uchun, yaxshi niyatlarda yozgan Baxtiyor oila asarini yozishda 79 ta manbadan foydalanganlar (shu kitobning 498-betidan to 501-betlargacha, ko‘rishingiz mumkin)!
Savol beruvchilarga kelsak, sizlarga bir maslahat. Islomning madori bo‘lgan bir hadis bor. U quyidagicha:
Kishining Islomi go‘zal bo‘lishi o‘zi uchun behuda narsalarni tark qilishidadir. Bu 10 ta so‘zdan iborat bo‘lsa-da, bir olam ma’no topishimiz mumkin. Shu rasm va video haqidagi gapni eshitibsiz ham deylik, endi shuni natijasini bilish siz uchun qiziqmi, o‘zingizning hayotingiz uchun o‘ta foydalimi yoki javobga qarab siz ham video yoki rasmga tushishni tark qilish yoki tushaverishni aniqlashmi? Agar maqsad rasm va videoga tushish joiz yoki joizmasligi yuzasidan bo‘lishi kerak bo‘lsa, zikr ahli tayyor! Javob berishadi ammo faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri shu ish joizmi degan mazmunda berilsa. Ammo maqsad shundan boshqa bo‘lsa, demak siz umringizni qadrini bilmaydigan odam ekansiz. Shu mazmundagi savol beruvchilarga yana bir og‘iz gap. Shu savollar.islom.uz saytini ham Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ochganlar. Shu qabilidagi savol berishni yana o‘ylab yurganlar bir fikr qilib ko‘ringchi shu ishingiz to‘g‘ri keladimi hech?! Tinmasdan asarlar, audio va video darslar yozib, shu bilan ham kifoyalanmaganlarku! Shu xalqimiz yaxshini yomondan ajratsin, kitobga imkoni yo‘qlar shu savol-javob kanalidan foyda olsin, Islomdagi joiz emas ishlarni qilib qo‘ymasin va noto‘g‘ri yo‘llarga kirmasin deb ochganlarku!
So‘zim oxirida barcha yurtdoshlarimizga o‘qigan ilmlarini amalda ham qo‘llashlarini, til ofatlaridan juda ehtiyot bo‘lishlarini, ilm ahlini yuksak hurmat bilan e’zozlashlarini, hayotlarining oltindan ham qadrli har bir soniyasini foydali ishlarga va amallarga sarf qilishlarini, har qanday isrofdan tiyilishlarini, har bir gapga kuchli dalil va isbot bo‘lmasa aslo u gapni kim gapirsa ham ishonmasliklarini va Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning kitoblarini eng boshidagi shiorga qat’iy amal qilgan holda ALLOHGA yaqin bandalar bo‘lishlarini chin dildan tilab qolaman!
E’tiboringiz uchun tashakkurlar! Alloh taolo barchamizga ofiyat, fahmi salim va aqlu salim bersin, Islomda sobitqadam bo‘lishni ham nasib qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo ofiyat, salomat fahm va salomat aql berib, O‘zining dinida sobitqadam qilsin.
27 Aprel 2022, 09:51 | Savol-javoblar | 165 | Ta’lim va muta’allim