Misvok zararlari

Assalomu alaykum! Yotib olib misvok ishlatmaydi. Zero, u taloqning kattalashib ketishiga olib keladi. Uni kafti bilan hovuchlab ham tutmaydi. Chunki, u bavosir kasalligini paydo qiladi. Zero, bular sunnat hay’atiga xilofdir. Shimib so‘rmagay, chunki, u ko‘rlik paydo qiladi. Ya’ni, maxsus qilmagay. Ammo, misvokni shimmasdan o‘z tupugini, so‘lagini yutmoqqa kelsak, “Huliyya”da kelishicha, Hakim at-Termiziy hazratlari bunday deganlar: “Misvokni birinchi ishlatishingda tupugingni yutgin. Chunki, u maxov, peslik va o‘limdan boshqa barcha dardlarga foyda beradi. Undan so‘ng tupugingni hargiz yutma. Zero, u vasvasani keltirib chiqaradi”. Uni Ziyod ibn Aloqa raziyallohu anhudan rivoyat qilganlar. Ishlatib bo‘lgandan so‘ng uni yuvib qo‘ygay. Agar shunday qilmasa, shayton u bilan misvok qiladi. Bir qarichdan ziyoda uzun qilmagay. Agar shunday qilsa, shayton unga minib o‘tirgay. Uni yotqizib qo‘ymagay, balki, tikka qilib qo‘ygay. Shamsiddin Qo‘histoniy aytadilar: Janobi Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning misvoklarining o‘rni xuddi kotiblarning qalamining o‘rni kabi muborak quloqlarida edi. Ashobi kiromning ham misvoklarining o‘rni, Hakim Termiziy aytganlaridek, quloqlarining orqalari bo‘lgan. Sahobalardan ba’zilari misvokni sallalarining pechi-o‘ramiga qo‘yar edilar. Agar shunday qiladigan bo‘lsa, jinni bo‘lib qolish xatari bor. “Qo‘histoniy”da mazkurdir. Ushbu narsa Said ibn Jubayr raziyallohu anhudan rivoyat qilingan: “Kimki, misvogini erga qo‘yadigan bo‘lsa, shundan jinni bo‘lib qolsa, o‘zinigina malomat qilsin”. Bu “Huliyya”da Hakim Termiziydan naql qilingan. Bular ahlisunna.uz saytidagi misvok haqida yozilgan maqoladan olindi. 1)Zararlari to‘g‘ri aytilganmi 2)shu saytdan ham malumotlar? olish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday gaplar hadisda kelgan holatlar va istemol qilgan odamlarda kuzatilgan holatlar va misvokda bor moddalarga tabobat tarafidan berilgan sifatlardan kelib chiqib aytilgan bo‘ladi. Uni shar’iy hukm deb qaralmaydi balki tajriba, tabobat va odatlardan kelib chiqib aytilgan tavsiya sifatida amal qilinadi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 09:29 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar