Ro‘molni tan olmayotganlar

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Alloh taolo ilmingizni yanada ziyoda qilsin. O‘tgan yili qaynisinglim (ovsinimning qizi) ro‘mol o‘ray boshladi. 5 mahal namoz o‘qiyapti Allohga shukur. Bu yil institutda 2 kurs talaba. Qiyomatdan juda qo‘rqyapman ibodatlarim qabul bo‘larmikin deb ko‘p o‘ylaydi. Men unga chin ixlos bilan qilingan ibodat inshaalloh qabul bo‘ladi dedim. Uni qiynayotgan yana bir katta muommo bor. Tog‘asi va uning ayoli. Kelinoyisi unga "ilohim" ro‘molizni echiradigan yigit uchrasin deyarkan tinmasdan. Tog‘asi ham ro‘mol o‘rab kampir bo‘lib qolibsan, sasib yurgansan o‘ranib, o‘ynab kulib qolish kerak ech ro‘molni deb har xil gaplar bilan bosim o‘tkizyapti ekan. Bu gaplardan juda jahlim chiqdi biror yomon gap aytvormaslik uchun tilimni zo‘rg‘a tiydim. Oyimga aytsam endi chidaysanda o‘zing shu yo‘lga kirding deb tinmay urishadi deydi. Biror marta tog‘amga seni ishing bo‘lmasin deb yonimni olmadilar deb yig‘laydi. Men dadangizga ayting biroz urishib gapirib haddini bildirib qo‘ysinlar desam dadamni men ishi yo‘q oyim aytgan gapni aytadilar chidaysan deb deydi. Men unga bu ham bir sinov sabrli bo‘ling ularga yaxshi gap bilan javob qaytaring desam o‘zingcha mullaxonim bo‘lib qolibsan deb ustimdan kuladi deydi. Oxiri shunga o‘xshagan bema’ni gaplar aytmasin deb umuman javob bermay qo‘ydim deydi Ustozlar bunday insonlarga qanday munosabatda bo‘lish kerak, agar ular tushunmasa to‘xtashmasa har xil gaplar bilan shaxsiyatga tegishda davom etsa ular bilan ko‘rishmasa uylariga bormasa bo‘ladimi albatta bu echim bo‘lolmaydi lek qaynisinglim ular bilan bir davrada o‘tirishni ham hohlamaydi juda tushkun ahvolda qolgan
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uning imtihoni shu ekan, sabr qilsin. Tog‘asi va yana boshqalarni qilayotgan bu duoibadlari ikki pullik ham ta’siri yo‘q. Ustidan kulishsa e’tibor bermasin. Erta qiyomatda ming afsus qilishadi, lekin foydasi bo‘lmaydi. U qiz esa o‘sha holatda mazluma maqomida ekan. Fursatdan foydalanib o‘zining dunyo va oxirat saodatini so‘rab duolar qilib olsin. Bundaylar bilan zararidan saqlanish uchun aloqa qilmasa bo‘ladi! Vallohu a’lam!

12 May 2022, 13:07 | Savol-javoblar | 179 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar