Investorning topgan puli xalolmi?

Assalomu alaykum! Investorlik yani boshlangich tadbirkorlarga uz biznesini boshlash uchun pul berish.Va biznesni boshlagandan keyin xar bir foydadan malum bir ulush olish xalolmi? Masalan 100ming sum pul berib xar oy 50 mingdan foyda olish
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pul nima shartnoma va kelishuv asosida berilyapti? Shariat joiz qilgan shartlar asosida bo‘lsa va foydani raqamlarda tayin qilmasdan shartnoma qilinsa joiz. Shartnomani islomiy moliyadan ilmi bor odamga ko‘rsatib holol shartlar bilan ish boshlanglar. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 13:40 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar