Bor yo‘qol ketaver deyish bilan taloq tushadimi?
Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im bilan tortishib qolsak aniq eslay olmayman necha marta aytganliklarini lekin ko‘pincha agar turmushimizdagi biror holat (janjallashishimizga sabab bo‘lgan holatlar) yoqmayotgan bo‘lsa ketaver (bor yo‘qol, ertagayoq ketishing mumkin) shunga o‘xshash javoblarni olaman. Sizlardan shuni so‘ramohchi edimki yoqmayotgan bo‘lsa ketaver deyish bilan ham taloq tushadimi, yoki bu niyyatga bog‘liqmi? Meni qattiq o‘ylantirib qo‘ygan joyi shundaki o‘sha vaziyat rostdan ham menga yoqmayotgan bo‘ladi. Lekin men bunaqa gaplardan keyin hech ham ketib qolmaganman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu gaplarni hammasi taloqqa dalolat qiladigan gaplardan. Bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomon va guvohlar huzurida ko‘rish kerak. Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 14:24 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar