Ishdan tashqari ishlatish

Assalomu alaykum! Men bir korxonada tikuvchi bo‘lib ishlayman. Ammo boshliqlar svet yo‘q vaqtlari tashqarida beton quydirishadi, g‘isht tashitishadi. Shu to‘g‘rimi, noto‘g‘ri desam boshqa odamlar ularni xaqqini eyapsan deyishyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kelishuvga bog‘liq bo‘ladi. Kelishuv bo‘yicha siz boshliqlarning hamma buyurgani ishini qilishga rozi bo‘lgan bo‘lsangiz, aytgan xizmatlarini qilishingiz kerak bo‘ladi. Lekin faqat tikuvchilik va unga taalluqli vazifaga kelishgan bo‘lsangiz unda boshqasini qilish sizning majburiyatingiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 19:29 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar