FARZ VA NAFL IBODATLAR MASALASIDA SAVOLLAR

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu! Muhtaram ustoz! Sizga ayrim savollarim bor edi. Ijozatingiz bilan ularni havola qilaman:1. Shavvol oyidagi 6 kun nafl ro‘zalarni tutishda o‘tmishda qazoga qoldirgan ro‘zalarimni niyat qilib tutayotgan edim. 2 kun tutdim ham, lekin mahallamiz imomidan bu haqda so‘raganimda, nafl niyatida tutganingiz afzal, qazolarni boshqa vaqtda tutasiz, dedilar. Ustoz shu to‘g‘rimi?2. Payg‘ambarimiz (s.a.v) dushanba va payshanba kunlari ro‘za tutishlari rivoyatlarda aytilgan. Mazkur kunlarda ham ramazonning qazo ro‘zalarini niyat qilib tutsam, ham zimmamdagi qarzni o‘tagan va sunnatga ham amal qilganni savobini olamanmi yoki mazkur kunlarning ro‘zasini ham nafl niyatida tutishim kerakmi? 3. Qazo namozlarni vaqtida ado qilinayotgan namoz avvalida yoki namozdan keyin o‘qish tavsiyasini siz muhtaram ustozdan bilib olgandim. Hozirda shu tartibda o‘qishga harakat qilmoqdaman. Davlat tashkilotida ishlaganligim bois gohida peshin, asr namozlari vaqtida qazosini ham qo‘shib o‘qishga imkoniyat bo‘lmaydi. Gohida ertalab uyda bomdod namozidan so‘ng ishroqni o‘qib bo‘lganimdan so‘ng bomdod qazosini o‘qib olaman, keyin qolganlarini kuchim etganicha shomdan keyin o‘qiyman. Ba’zida charchaganda qolib ham ketadi. a) Shu zaylda imkon boricha o‘qiyversam bo‘ladimi? b) Yoki bomdod, peshin, asr, shom, xufton, vitr qazosi deb niyat qilmay, qoldirilgan farzni qazosi deb ikki, to‘rt rakatdan qilib, hamma rakatlariga sura zam qilib o‘qiganim afzalmi? Mening holat va sharoitimga mazkur ikki usuldan qay biri afzal? 4. «Ming bir fatvo» kitobida shunday deyilgan: «Zimmasida qazo namozlari bo‘lgan kishi nafl namozlari bilan mashg‘ul bo‘lish o‘rniga o‘sha namozlarni o‘qishga harakat qilgani yaxshidir. Lekin sunnat namozlar, choshgoh namozi, tasbih namozi va hadislarda targ‘ib etilgan, ma’lum sura va zikrlarni o‘qish tavsiya qilingan nafl namozlar bundan mustasnodir. Qazo namozlarni masjidda, jamoat joylarida emas, balki o‘z uyida o‘qishga harakat qilishi kerak.» (Olamgiriya, Muzmarot, Vajiz) Kazo namozlarim xam bula turib, xam kazolarni, xam fazilatli nafl namozlarni (ishrok, zuxo, taxajjud) ixlos bilan ado kilib borsam buladimi? 5. Zuxo namozini o‘qishga ixlosim baland. Gohida uydan ishga ketayotganimda o‘qiyman, lekin uning afzal vaqti quyosh qizdirishga boshlagan paytda ekanligini, payg‘ambarimiz (s.a.v) doimo shu vaqtda o‘qishlarini bilib oldim. Davlat tashkilotida ishlaganim sababli ishxonada nafl namozlarini o‘qish o‘zimga noqulaylik tug‘diradi. Bundan tashqari riyo bo‘lishidan, hammaning nazariga tushishdan qo‘rqaman. Sunnat ta’limotlaridan yiroq bo‘lib ketganligimiz sabab ko‘pchilikka nafl ibodatlarni bajargan odamning amali erish tuyuladi. Qish oylari ham yaqinlashib qoldi. Bu vaqtda zuxo namozini qay vaqtda o‘qisam bo‘ladi, ishga ketishdan oldin o‘qib olsam ham uning fazilatiga erishgan bo‘lamanmi? Yoki mustahab vaqtida ishxonada o‘qiganim yaxshimi? Maslahatingizga muhtojman. 6. Oisha (r.a) onamizdan rivoyat kilinadi: «Rasullullox (s.a.v) bomdod namozining ikki rakat sunnatini shu kadar engil ukirdilarki, xattoki: «U zot Fotixa surasini ukidilarmikan?», deb uylab kolardim. Ikkovlari rivoyat kilishgan. Yana boshka bir rivoyatda: «Agar subx kirsa» deb kelgan. Imom Navaviy «Riyozus-solixiyn».Mazkur xadisda paygambarimiz (s.a.v)ning bomdodning sunnatini juda xam tez ukiganlari rivoyat kilinmokda? Namozni shu darajada tez ukish mumkinmi? 7. «Saxixi Buxoriy» (eski nashr)da ruza bobida zimmasida kazo ruzasi bor bulgan mayyitni ruzasini merosxur yoki yakinlari tutib bersa bulishi xakidagi xadis keltirilgan ekan. Jumladan, bobning boshida Xasan Basriy (r.a)ning fatvolari yozilgan: «Agar mayyitning zimmasida 30 kun ramazon ruzasi kolib ketgan bulsa, 30 kishi 1 kundan tutib bersa bulgaydir». «Kifoya» kitobida esa ruzani kazosini merosxurlar tutib berishi mumkin emasligi yozilgan va dalil sifatida boshka muxaddislarning xadislari keltirilgan. Ustoz Buxoriy rivoyat kilgan xadisning xukmi nasx bulganmi? 8. Tobi’iynlardan bo‘lgan Azraq ibn Qays aytadilar. Bizga Abu Rimsa deb kunyalangan zot imom bo‘lib namoz o‘qib berdilar. U dedi: Bu namozni yoki shu namozga o‘xshash bir namozni men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan o‘qigan edim. Abu Bakr va Umardek zotlar oldingi safda Rasullullohning o‘ng tarafida turishgan edi. Bir kishi namozdan takbirati ulo (takbiri tahrima)ga guvoh bo‘ldi. Bas, Rasululloh solallohu alayhi vasallam namoz o‘qib, so‘ng o‘ng va chap taraflariga salom berdilar, hatto yuz chakkalarining oqligini ko‘rdik. So‘ng xuddi Abu Rimsa o‘girilganidek, Rasululloh ham o‘girildilar. Shunda haligi takbirati uloni topgan kishi ikki rak’at namoz o‘qish uchun turib ketayotgan edi, Hazrati Umar o‘rnidan sakrab turib, uning elkalaridan ushladi va tortdi. So‘ng dedi: “O‘tir! Chunki ahli kitoblar namozlari orasida fosila bo‘lmaganligi uchun halok bo‘lishdi”. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ko‘zlarini ko‘tarib, dedilar: “Ey Xattobning o‘g‘li, Alloh seni haqiqatga to‘g‘riladi”. Ushbu hadisni Imom Abu Dovud rivoyat qilgan.Muhammad Olim Ali zikr qilishicha, muhaddislardan yana birlari Ibn Mojja al-Qazviniy ham rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deb marhamat qilganlar:“Kechki nafl namoz ikki-ikki rak’atdir. Har bir rak’atda tashahhud o‘qiysan. Quvvatli bo‘lib, o‘tirasan-da, qo‘lingni ko‘tarib duo qilasan: “Ey Allohim, meni mag‘firat qil!”. Bas, kimki mana shunday qilmasa, u (ibodatda) nuqsonlidir”. (Fiqh.uz veb sayti, «Namozdan keyingi ibodatlar» makolasidan olingan. Xamidullox Beruniy tayyorlagan.) Ustoz farz va nafl namozlar urtasida fosila (ajratish) kilishni kitoblardan ukigan edik. Lekin nafllar(ayniksa avvabiyn va taxajjud singari)ni orasida xam utirib, fosila kilish kerakmi ya’ni xar ikki yoki turt rakat urtasida?E’TIBOR VA JAVOBLARINGIZ UChUN TAShAKKUR!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Qazosi bor odam, oldin qazosini tutgani afzal.2. Qazoni tutgan bo‘lasiz.3. Qazo farzlarni aniq bo‘lmasangiz, oxirgi shaklda o‘qiysiz.4. - Albatta, yuqoridagi fatvo mazhabimizning eng e’tiborli kitoblaridan biri “Olamgiriya”dan olingan.5. - O‘zingiz uchun qulayini tanlayvering.6. - “Subh kirsa”ga o‘xshash alohida holatlarda mumkin.7. - Bu masala bo‘yicha kelgan hadislarda ikki xil mahno bor. Zimmasida qazo ro‘zasi bor mayyitning qazo ro‘zasini merosxo‘ri tutishi va tutmasligi. Hanafiy mazhabi va yana boshqalar tutmasligi haqidagi rivoyatni olishgan. Chunki, tutish haqidagi hadisni rivoyat qilgan sahobiy Ibn Abbos roziyallohu anhu o‘zlari rivoyat qilgan hadisga amal qilmaganlar. Bu esa, hadis nasx bo‘lganiga dalolat qiladi. 9. Ibn Mojaning hadisi tarjimasida “Har bir rakhatda tashahhud o‘qiysan” degan gapda xato bo‘lgan. Bir rak’atdan keyin tashahhud o‘qilmaydi. Balki ikki rakhatdan keyin o‘qiladi. Ikki namoz orasidagi fosila naflda ham bo‘ladi. Bu bir joydan boshqa joyga o‘tib olish bilan ham yuzaga chiqadi.

27 Aprel 2022, 13:08 | Savol-javoblar | 163 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar