Onlayn tijorat
Assalomu alaykum! Men 1-2 yil oldin onlayn biznesga pul tikdim. Orqamdan yana taklif kiritdim ular xam pul tikishgan. O‘zim 400-500 dollar pul tikib shu biznesga bir tiyin ololmadim. Taklif qilgan odamlar xam olisholmadi. Ular bor yo‘g‘i 400-500 ming tikishgan. Men ularni a’zo qilib shu kompaniyaga pullarini o‘tkazib berganman kompaniyaga. Endi man taklif qilgan bir ayol mandan o‘sha 400-500 mingni qaytarib berishimni so‘rayapti. Lekin u pulini man kissamga solmadim. Man faqat ularni pulini kompanichga o‘tkazib berdim xolos. Men u ayolni pulini kissamdan qaytarib berishga majburmanmi? Menga bu qarz xisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu uslbda savdo qilish tarmoqli marketing deb nomlanib, Dunyo Musulmon Ulamolari Kengashi bu savdo turini harom deb fatvo berganlar. O‘sha ayol o‘z pulini kimdan qaytarib olishi lozimligini aniqlash uchun sizlarning qilgan faoliyatingizni o‘rganib chiqish zarur. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 19:10 | Savol-javoblar | 154 | Administrator