Lab po‘stini yulish

Assalomu alaykum! Labimning po‘stini yulishga o‘rganib qolganman, lekin qon chiqmaydi. Bu tahoratni buzmaydimi? Ba’zida tishim bilan lab po‘stini yulganimda po‘st og‘iz ichiga kirib ketadi, yutilib ketadimi yoki erib Allohga ayyon. Agar yutilib ketsa, xarom narsa yutilgan bo‘lib qolmaydimi? Bu odobsizlik ekanini bilaman va bu odatni tashlashga harakat qilyapman. Lekin har ehtimolga qarshi so‘ramoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qon chiqmasa tahorat buzilmaydi. O‘sha narsani yutmang. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 20:57 | Savol-javoblar | 142 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar