Quyuq qon miqdori

Assalomu alaykum! Kitobda quyuq qon agar og‘izni to‘ldirib chiqsa taxorat ketadi deyilgan ammo buning miqdorini qanday bilsak bo‘ladi chunki odatda quyuq qon chiqgan taqdirda xam bir dirxam bo‘ladi yoki undan oz bo‘ladi bir dirxamdan ko‘p bo‘lsa taxoratni sindiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! وملء الفم أن يكون بحال لا يمكن ضبطه إلا بتكلف (الهداية) Og‘izni to‘lishi bu - uni (qusishni) mashaqqat bilangina tutib (to‘xtatib) qolish mumkin bo‘lgan holatdir. (Hidoya). Vallohu a’lam!

14 May 2022, 07:19 | Savol-javoblar | 141 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar