Qur’on o‘qishda muammo
Assalomu alaykum! Men Qur’on o‘qishni o‘rganishni boshladim. Alhamdulillah! Yoshim 62 da. Tepa tishlarim to‘liq yo‘q. Pastda 8 ta tishim bor xolos. Protezga xech ko‘nika olmayapman. Ko‘pgina xarflarni talaffuzida defekt chiqib qolish ehtimoli bo‘layapti. Shu sababli faqat o‘zim uchun yolg‘iz xolimda imkon qadar ovozimni chiqarib kitob o‘qiyversam, talaffuzimdagi nuqsonlar uchun yo‘l qo‘yilayotgan xatolarni karoxiyati menga gunox bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunoh bo‘lmaydi. Alloh ajringizni ko‘paytirib bersin! عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: الْمَاهِرُ بِالْقُرْآنِ مَعَ السَّفَرَةِ الْكِرَامِ الْبَرَرَةِ، وَالَّذِي يَقْرَأُ الْقُرْآنَ وَيَتَتَعْتَعُ فِيهِ وَهُوَ عَلَيْهِ شَاقٌّ لَهُ أَجْرَانِOisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qur’onga mohir kishi oliyjanob, mukarram elchilar (farishtalar) bilan birgadir. Mashaqqat bilan, tutilib o‘qiydigan kishiga esa ikki ajr bor», dedilar».
Izoh: Qiynalib o‘qiydigan kishi ham o‘qigani, ham mashaqqatga sabr qilgani uchun ikki ajr oladi, ammo buni Qur’onga mohir kishining ajridan ikki baravar ko‘p deb tushunmaslik kerak. “Sahihi Muslim” kitobidan. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 154 | Ta’lim va muta’allim