Ilm o‘rganish

Assalomu alaykum! Men ko‘p qavatli uyda yashayman. U erda bir qo‘shnim bor. Turmushidan ajragan. U ayol qizlik paytda madrasada hujrada diniy ilm olganligi haqida aytib qoldi. Ammo o‘zi tashqi ko‘rinishi, ya’ni kiyinishi, xulqida noqisliklar bor. Ko‘chib kelganimizda ochiq-sochiq kiyinib sochlarini yozgan holda ko‘rganman, yaqinda hijobga kirganini eshitgandim. Ammo men hali ko‘rib ulgurmay yana avvalgidek ro‘molsiz holda uchratdim. Men bu ayolni g‘iybat qilib qo‘ygan bo‘lsam Alloh o‘zi kechirsin, astag‘firulloh. Allohim o‘zi barchamizga kifoya qilsin. Savolim shuki, men shu ayoldan ilmini o‘rgansam bo‘ladimi? Va bu haqida erimga aytmasam bo‘ladimi? Sababi ular qarshilik qilishlaridan qo‘rqaman. Boshqa topgan ilm egalari ilm berishni rad etishdi, vaqtni, noqonuniy o‘rgata olmaslikni sabab qilishdi. Yoshiga etmagan chaqalog‘im bor, shuning uchun yaqinligi men uchun qulay edi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar undan faqat tilni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz bunga monelik yo‘q. Ammo shar’iy ilmlarni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, bunga ahl bo‘lganlarga murojaat qiling. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 10:57 | Savol-javoblar | 142 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar