IELTS - Ingliz Tili Testi haqida
Assalamu alaykum! IELTS’ga (Xalqaro Ingliz Tili Bilimini Tekshirish Testi) oid, bir qancha savollarga aniqlik kiritmoqchi edim. Bu imtihonga topshirish narxi 175 $ (bankdan to‘lanadi). Agar siz imtihondan 7.0, 7.5 va undan yuqori natijaga erishsangiz, (O‘zbekiston Yoshlar Ishlari Agentligi va Imtihon tashkilotchilari tomonidan) to‘lagan pulingiz 100% qaytarib beriladi, ammo 6.5, 6.0 yoki undan past olsangiz - qaytarib berilmaydi. Shu bizga qaytgan pul - halolmi? Spiking (so‘zlashuv) qismida, sizga savol beriladi. ("Oxirgi marta qachon kinoga/restoranga borgansiz?", "Sizni bilimi kuchi va h.k.si bilan xayron qoldirgan kishi haqida gapirib bering..", "Sayohatga, chet elga, piknikga chiqqan vaqtingiz haqida gapirib bering..", "Muhim uchrashuvga kech qolgan vaqtingiz yoki bekor qilinib qolgani haqida gapirib bering.." va h.k savollar). 2) (Faqat shu imtihonda) Biz hayotimizda bo‘lmagan, uchramagan, qilmagan ishlarimizni gapirib bersak bo‘ladimi yoki yolg‘on/ maqtanish hisoblanadimi? Mabodo yolg‘on bo‘lib qolsa, pul harom bo‘lib qolmaydimi? (Haromdan qo‘rqaman, batafsil to‘xtalsangiz...) 3) (Agar oladigan pulimiz halol bo‘lsa..) "Shu imtihondan baland ball olib, pulimi qaytarib olaman va ehson qilaman..", deb harakat qilib, duo qilsa, yohud o‘ziga motivatsiya bersa bo‘ladimi? Ham kotta ball - universitetlar kaliti, ham qaytarib olingan pul - ehson, savob.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Halol bo‘ladi.2). Odatda til o‘rganishda bo‘lmagan voqelikni hikoyasini yodlash bo‘ladi. Shu kabi holat bo‘lsa, joiz. “Agar men muzeyga kirsam shunday narsalardan ta’sirlanishim mumkin” deb gapirish ham mumkin.3). Bo‘ladi. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 11:01 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar