Zakot berishning qoidalari
Assalomu alaykum! Men ijarada yashayman. Xozirda O‘zbekiston fond bozorida zavod va tashkilotlarning qimmatli qog‘ozlari (aktsiyalari)ni sotib olganman va ozgina kriptovalyuta xam olganman. Umumiy boyligimni xisoblaydigan bo‘lsam zakot berishim vojib. Uchta savolim bor! 1. Qimmatli qog‘ozlar va kriptovalyutadagi boyligim zakot berish uchun asos bo‘ladimi? 2. Agar asos bo‘lsa ijarada yashayotgan bo‘lsam xam zakot berishim vojibmi? 3. Agarda qimmatli qog‘ozlar va kriptovalyutadagi boyliklarim zakot berish uchun asos bo‘lmasa xam o‘zim xolis niyat qilib zakot ajratishim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingizning hamma mulkingizni hisoblab, nisobga etsa va bir yil aylangan bo‘lsa, berasiz. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 16:58 | Savol-javoblar | 165 | Zakot