Setevoy Marketing orqali pul topish xalolmi?

Assalomu Alaykum Xazrat!Bugungi kunda shaxrimizda turli firmalar tomonidan daromadli ish sifati-"setevoy marketing" biznesi taklif qilinmoqda. Bu biznesni asosiy moxiyati quyidagicha:Siz shu firmaga a’zo bo‘lasiz va shu firmani maxsulotini sotasiz. Bundan tashqari siz o‘z yaqin insoningizni shu ishga taklif qilib, o‘zingizni ketingizdan kelgan biznes-xamkor qilishingiz mumkin. Natijada u sotgan maxsulotdan tushgan foydani bir qismi sizni xisobingizga o‘tkaziladi. Qancha ko‘p odam olib borsangiz shuncha ko‘p foyda topasiz - deb aytishadi. Bir qancha vaqt o‘tgandan keyin siz ishlamasangiz ham xaligi siz olib kelgan odamlar keltirayotgan foydani olishingiz mumkin. Bunday yo‘l bilan topilgan pul xalolmi? Yuksak Xurmat ila Sherozbek!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu noto‘g‘ri ekani haqida fatvolar chiqqan.

27 Aprel 2022, 17:40 | Savol-javoblar | 210 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar