Nikoh o‘qitish kerakmi?
Assalomu alaykum! Islom ahli. Avvalo bizlarga berayotgan maslahatingiz uchun rahmat. Sizlarga beradgan savolim biroz g‘alati tuyilishi mumkin lekin judayam boshim qotti sizlardan maslahat so‘ramohchi edim. Men 5 yildan beri befarzandman, judayam yahshi xonadonga kelin bo‘lgamman Alhamdulillah. Xo‘jayinim oilada 1 o‘g‘illa, qaynona qaynotam bizlarni tezroq farzandli bo‘lishimizni judayam hohlashadi albatta bu tabiiy, ayniqsa qaynonam juda ko‘p yig‘lidila, mani haydab boshqa kelin olish niyatligi yo‘q. Shu kunlarda hayolimizga bir fikr keldi mani kotta opacham borla tug‘ishgan opam ularni 4 nafar farzandlari bor. Do‘ktirga borsak xo‘jayinimlardan urug‘ olib opachamga shprits orqali quysa bo‘ladi shunaqa yo‘liyam bor, shuni qilsak opacham 9 oydan keyin bolani dunyoga keltirib manga beradila, 9 oy mobaynida man el yurtga qornimni bog‘lab o‘zimni xomiladordek ko‘rsataman. Bunga qaynonam, xo‘jayinim, opacham, pochcham ham rozi. Faqat Allohdan qo‘rqyapmiz, chunki bu benikoh bola hisoblanadimi deb, nikoh o‘qittiray desak pochcham taloq berib, mani ho‘jayinimlaga nikohlariga olib yana mani ho‘jayinim taloq berib pochcham qayta nikohlariga olishlari kerak opachammi. Taloq so‘zi aytilsa osmon titraydiku, o‘zidan o‘zi taloq berib yuborish ham mumkunmas. Bu ishimizdan maqsad bir oilani mustahkamligi uchun, hursandchiligi uchun bo‘layaptiku, biron yomon ish uchun qilayotkanimiz yo‘qku, shu ishni qilsak bo‘ladimi? Alloh bizdan g‘azablanmaydimi, u dunyoda nima deb javob beramiz degan o‘y bizni juda qiynayapti. Shu bolani boqsam shu bilan ovora bo‘lsam keyingisiga Alloh o‘zimga farzand berar. O‘zimku sabr qilaman ammo odamlar, qarindosh urug‘ni gap so‘zlari judayam odamni eb qo‘yyapti, bir tarafdan xo‘jayinim ham meni deb befarzand o‘rtoqlarini yonida uyalib qolyaptilarmi deb ich etimni eyman. Shu yo‘lni tutsak, shu farzandni insha’Allah chiroyli tarbiya qilsak bo‘larmikin. Boshqa hamma yo‘lni tutib ko‘rdik bormagan do‘ktirimiz ichmagan dori darmonim qolmadi, xatto EKOga ham 2 martta bordik. Iltimos menga shu borada maslahat beringlar. To‘g‘risini aytsam o‘zim shu ishni qilsaku yonimda farzandim bo‘lsa deb juda hohlayapman, agar opacham bilan pochcham o‘zlari farzand dunyoga keltirib beramiz deyishsa, qaynonam o‘g‘limni farzandi bo‘lsin deyman deyaptilar xo‘jayinim ham o‘zimni bolam bo‘lsa deydilar. Ho‘jayinim biron ayolni nikohlab farzandli bo‘lsalar, manga juda og‘irku bu, undan ko‘ra hech qanaqa bekitiqchasiz ochiq oydin mani erim biladila opachamni erlari biladila hammani rozichiliga shu ishni qilsak hamma hursand bo‘lsa u bolani jon deb mehr berib katta qilamiz. Shunga biron yo‘l ko‘rsatinglar iltimos, faqat mumkunmas bo‘lsa Ollohni oldida nima deb javob beraman deb qo‘rqyapman. Javobingiz uchun oldindan rahmat. Olloh sizlardan rozi bo‘lsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Agar qilsangizlar zino bo‘lib, tug‘ilgan bola ham valadizino bo‘ladi. Eringizni uylab qo‘ying, uni farzandi sizni ham farzandingiz bo‘ladi. Bu sizni imtihoningiz, undan utolmay oxiratda azobda qolmang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:01 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Agar qilsangizlar zino bo‘lib, tug‘ilgan bola ham valadizino bo‘ladi. Eringizni uylab qo‘ying, uni farzandi sizni ham farzandingiz bo‘ladi. Bu sizni imtihoningiz, undan utolmay oxiratda azobda qolmang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:01 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush