Kiyomat xakida xabar beruvchilar xakida

Assalomu alaykum Shayx Xazratlari! Men uzim muxojiratda Moskvadaman. Ikki oylar chamasi, xristian diniga mansub bulgan bir odam kiyyomat xakida gapirib, yakin ikki yil ichida kiyomat koyim bulishi xakida gap tarkatib yuribdi. U odam uzi asli Uzbekistonlik rus bulib bir necha yillardan buyon Moskvada kucha savdosi (metro bekatlari yonida mayda-chuyda savdosi) bilan mashgul bulib yurardi. Ikki oylar chamasi ilgari savdo kilmay kuydi va bir oylar oldin - savdo kilmay kolding deb suraganimda, u menga karab tamom endi men boshka savdo kilmayman (men endi Maxdiman), kiyomat kuniga tayyorgarlik kurib, barchani ogoxlantirib yuribman va silar xam tayyorgarlik kuringlar, iloji bulsa uyga kaytinglar, ota-onalaringizning oldiga, - deb gapirdi. Kecha u odamni yana uchratib koldim va suradim, - savdosi borasida, u yana usha javobni berib, uzini Maxdi deb gapirdi. U uzining dukonchasidagi 3 - 4 ming $ lik tovarlarini barchasini bolalarga tarkatib berib yubordi. Kur’on va xadislardan gapiradimi-e. Bu odamning xatti - xarakatiga ajablanib koldim. Kiyomatni anik oldindan bashorat kilish tugrimi? Maxdi kalimasi Islom dinimizda bormi, agar bulsa ma’nosini tushuntirib berasizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qiyomat qachon bo‘lishini Allohning o‘zigina biladi. Uning gapiga ishonmanglar. Imom Mahdiy Maniynadan chiqadilar, Moskvadan emas.

27 Aprel 2022, 18:24 | Savol-javoblar | 142 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar