Er shakli xaqida
Assalomu alaykum! Instagram saxifasida bir blogerning makolasiga kozim tushdi uning aytishicha "Kosmosga hech Kim chiqa olmagan, oyga ham... Azon tovushi balkim stratosfera samolyot uchidagan joydan eshtilgan... Chunki er bilan osmon ortasidagi qobiqni hech Kim yorib otaolmaydi! Va er osmondan alohida turadi", "Hamma o‘zicha talqin qiladi, tuhumni chaqilishida ham bir mano bor, tuyaqush tuhumi chaqilgan holatida bolishi mumkin, chunki tuhum chaqsak sarig‘ini tepasida qobig‘i bor atrofi esa oppoq, oppoq narsa bu muz bilan qoqilgan tog‘lar", "Amerikalik qiz buni barchasini isbotlab bergani uchun o‘ldirib ketishgan ekan, shunga internetdagi domlalar ham qo‘rqsa kerak er tekisligini etishga", "Er shar emas aylanmidi, er joyida turadi, lekin oy bilan quyosh yuradi" deb "2:22, 15:19, 20:53, 43:10, 50:7, 51:48, 71:19, 78:6, 78:7, 79:30, 88:20, 91:6" shu oyatlarni dalil kilib keltirgan. Men unga islom.uz saytidagi https://islom.uz/maqola/3449 shu makolani yubordim. Lekin u bloger bunga ishonmayapti. "Olimlar mason bolgan" ular insonlarni aldagan "Xristianlar ham bibliyani o‘qidi. Bibliya ham Allohni kitobi... Beruniy globusni kashf qilganiga shubham bor, chunki Beruniy, erni narigi betida ham er bor deb etganlar (to‘g‘ri har hil mamlakatlar bor) Erni tekkisligini bilish mani hayotimni, dunyo qarashimni o‘zgartirib yubordi, va ilmu fanga shubha bilan qaridigan bo‘ldim. 12 yil aldanib kelganimni bildim. Samolyotda uchgan bo‘lsez, etibor bilan qaraganmisiz oynasini cheti hiralangan bu ribiy glaz qilib erni dumaloq ekanligiga ishontirish uchun... Hop ilmu fan etgan gaplariga nazar solsak “Quyosh o‘rtada turadi, er o‘z o‘qi atrofida aylanadi” Lekin Quroni Karimda “Alloh Taolo Quyoshga chiq deb buyruq berib, yot deb balchiqlikga botdiradi” Balchiqlik majoziy manodan bilsek- okean manzaralarida doim quyosh botvotganida okeani ichiga kirgande ko‘rinadi to‘rimi? Man o‘zimcha bu gaplarni o‘ylab topganim yo’q! To‘g‘ri ilm o‘rganilar deyilgan, shu ilm orqali yolg‘on dunyo ekanligini chunib etishimiz uchun deb o‘yliman" deb javob berdi. Ikkilanib koldim bu blogerni gaplari xakikatmikan deb, lekin buni aklim kabul kila olmayapti. Bu blogerning gaplarida xakikat bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz unaqa ahmoqlarning gaplariga ishonib yurmang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:08 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz unaqa ahmoqlarning gaplariga ishonib yurmang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:08 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar