zino turi
Mehribon va Rahimli Alloh nomi bilan! Allohim O’zinga O’zing xoxlagancha hamdlar bo’lsin!Ikki olam sarvari sayyidimiz Muhammad (SAV) ga erdagi qum zarralaricha miqdorida salovat va salomlar bo’lsin!Sahoba, tobein va payg‘anbarimiz me’rosxo’rlari – olimlardan alloh roziy bo’lsin!Assalomu alekum Shayx xazratlari! Maniy, maziy va vadiyga taluqli barcha savollarni o’qib chiqdim. Organdim lekin quyidagi savollarimga xulosa chiqara olmadim.Quyida beradigan savolim juda ham uyatli. Lekin shariatda haqni so’rashning uyati yo’q deydilar. Bundan tashqari bu gunohi kabira hozirgi vaqtda juda ko’p yoshlarimizda uchraganligi sababli va javob izlab yurganligi, lekin hayo qilib hech kimdan so’ra olmayotganligi sababli ko’pchilikka yordam bo’lar deb savolni berishga ahd qildim. Bu savolning javobi hammadan ko’ra o’zim uchun o’ta muhim ekanligini ham eslatib o’tmoqchiman. Hazrat, hozir 21 yoshdaman.Meni qiynayotgan va Allohdan uzoqlashishga majbur qilayotgan gunohi kabira bu – ko’z zinosi va undan kelib chiqadigan qo’l zinosidir (astag‘firulloh). Har kuni o’qish tamon yo’l olar ekanman ko’chadagi qizlarning kiyinishlari o’ziga tortadi (qaramaslikka harakat qilsam ham bo’lmayapti). Albatta bu ko’z zinosi yig‘ilib-yig‘ilb hayoli zinoga so’ngra esa qo’l zinisiga olib boryapti. Hattoki shu darajaga bordiki har kuni g‘usl qilshga majbur bo’lib qoldim. Buning echimi uylanish ekanligini bilaman, lekin bunga hozir imkon yoqda! Quyudagi savollar qo’l zinosi va boshqa yaqinliklarga aloqador. Iltimos, javoblarni eshitib Allohdan qo’rqib yana ibodatda sobit bo’lmoqligim uchun yordam besangiz.1-Savol: G‘usl maniy chiqqandan so’ng bo’ladimi yoki shaxvat kelsa vojibmi?2-Savol: Shaxvat kelsa-yu lekin maniy kelmasa ham g‘usl vojib bo’ladimi?3-Savol: Shaxvat bilan maniy kelayotganda qo’l bilan chiqishiga to’sqinlik qilinsa g‘usl vojib bo’ladimi (shu savol menga tegishli)?4-Savol: Jinsiy aloqa (qo’l zinosi) dan keyin maziy yoki vadiyning chiqishi g‘uslni vojib qiladimi? Iltimos, Hazrat javoblaringizni ayamang! Va men va menga o’xshagan GUNOHKOR bandalarni gunohini avf etishni Allohdan so’rang!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Maniy kelganidan keyin.2. Bo‘lmaydi.3. Chiqmasa, bo‘lmaydi.4. Bo‘lmaydi.
27 Aprel 2022, 19:18 | Savol-javoblar | 183 | Tahorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Maniy kelganidan keyin.2. Bo‘lmaydi.3. Chiqmasa, bo‘lmaydi.4. Bo‘lmaydi.
27 Aprel 2022, 19:18 | Savol-javoblar | 183 | Tahorat