Ayolim tufayli men gunoxkor bolmaymanmi?
Assalomu alaykum! Alhamdulillax men ibodatdaman yoshim 31da 2 nafar farzandimiz bor. Ayolim va uydagilarim kelishmovchiliklari sababli mana 2yildan buyon ota onamdan aloxida boshqa uyimizda yashayabmiz. Uyimda xar kuni janjal ayolim xaliyam uyimdagilarni ochiqdan-oydin tinmsiz xaqoratlaydi. Yotog‘imni alohida qilib ko‘rdim, sekin urib ko‘rdim, yaxshi gap bilan tushuntrib xam ko‘rdim foydasi bo‘lmayabdi. Arzimagan gapniyam uchini onam, ukalarimga taqab urush, farzandlarimniyam mening ota onamnikiga olib bormaysiz ular xaqli emas deb shuniyam urishga aylantirgan. Xaqni tanitishga xarakat qilsam sen xam 5maxal namoz o‘qi desam “borib kelgan bormi u tarafga” degan gap bilan shart kesadi. To‘yimizdan keyin bilsam bu erni behurmat qilish, itoat qilmaslik oilaviy an-ana ekan. Onamni xaqoratlashlari jondan o‘tirib yubordi. Ajrashsam farzandlarimning uvoli, umri, tarbiyasi, oxirati uchun men(ota) javobgar bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “U yoqqa birov borib kelibdimi” degan gap xalqimiz orasida bor. Bu kufr, chunki bu oxiratga ishonmaslik belgisidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam me’roj chiqdilar, u zotga jannat va do‘zax hammasi ko‘rsatildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan mutavotir hadislar bilan jannat va do‘zax xabarlarini berdilar. U xabarlarni inkor qilish kufr hisoblanadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:36 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush