Dayuslik emasmi

Assalomu alaykum! Qiz bola eriga aka-ukalariga xiyonat qilsa(nomahram erkaklar bilan gaplashib zino qilgan bo‘lsa) uni bu yo‘ldan qaytarib bo‘lmasa, natijada aka-ukalar Otasi dayus bo‘ladimi? U ayol bilan aloqani uzish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaytarishda bardavom bo‘layotgan bo‘lsalar dayus bo‘lmaydilar. Buzuq ishlariga rozi bo‘lib, qaytarmasalar dayus bo‘ladi. Bunday holatda uzish joiz. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo o‘z o‘g‘illarining bir gaplaridan qalbi og‘rib bir necha oy gaplashmay yurganlar. Bu Alloh uchun xafa bo‘lish hisoblanadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:47 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar